Navoiy viloyati hokimi matbuot kotibi hamda Xatirchi tumani hokimi o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari viloyat kengashida deputat sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Saylov qonunchiligiga ko‘ra, ijro hokimiyati vakili bir vaqtning o‘zida deputat sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Avvalroq Karmana tumani hokimining birinchi o‘rinbosari va viloyat hokimligi kotibiyat mudiri ham deputatlik qilib kelayotgani haqida ham yozgandik.
Karmana tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Tohir O‘rinov hamda Navoiy viloyati hokimligi kotibiyat mudiri Maqsud Nurullayev bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari viloyat kengashida deputatlik qiladi. Ularning deputatlikdan ketish bo‘yicha arizasi olingan bo‘lsa-da, hanuz kengashga a’zoligicha qolmoqda. Buni «saylov kodeksiga zidligini bilamiz», deya izohladi hokimiyat matbuot xizmati rahbari Bektemir Pirnafasov. Uning so‘zlariga ko‘ra, «bu holat faqat Navoiy viloyatida emas, balki har bitta viloyatda kamida 2−3 tadan bor».
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting